Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 158–162-betlar

TOSHKENT VILOYATIDAGI BUZILGAN YERLARNI LANDSHAFT-GEOEKOLOGIK BAHOLASH VA ULARNI REKULTIVATSIYA QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Sharipov, Shavkat, Samatova, Nafisa

DOI: 10.5281/zenodo.21510896 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada Toshkent viloyatidagi buzilgan yerlarning mazmuni, hududiy tarqalishi va rekultivatsiya ustuvorliklari landshaft-geoekologik yondashuv asosida baholandi. Google Earth Pro tasvirlari, SRTM DEM va landshaft qatlamlari ArcGIS Pro muhitida tahlil qilindi. Kon va karyerlar 266,3 km² (1,79%), irrigatsion hamda jar eroziyasi ta’siridagi yerlar 529,9 km² (3,53%) maydonni egallashi, turli darajada buzilgan yerlarning umumiy ulushi 5,46% atrofida ekani aniqlandi. Qurama, Olmaliqsoy-2 va Sovuqbuloqsoy qismlarida buzilish eng yuqori. Kon-karyerlar, sug‘oriladigan yerlar va daryo vodiylari uchun tabaqalashtirilgan rekultivatsiya choralari taklif qilindi.

buzilgan yerlar, landshaft, geoekologik baholash, irrigatsion eroziya, kon va karyer, GIS, masofadan zondlash, rekultivatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.