Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 47–52-betlar
SANOAT TARKIBINI KLASTERLAR ASOSIDA DIVERSIFIKATSIYALASH ORQALI HUDUDIY IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH YO‘LLARI
Sharopova, Munisa, Sharopov, Aziz
DOI: 10.5281/zenodo.21735230 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda sanoat tarkibini klasterli yondashuv asosida diversifikatsiyalash hamda uning hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi tizimli o‘rni o‘rganilgan. Bugungi kunda chekka va qishloq tumanlarining bir tomonlama (mono-sanoat yoki agrar) tuzilishga qaram bo‘lib qolishi ularning tashqi iqtisodiy shoklar va bozor tebranishlariga nisbatan zaifligini oshirmoqda. Tadqiqotning maqsadi sanoat klasterlari zanjirini rivojlantirish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish va hududiy barqarorlik mexanizmini ishlab chiqishdan iborat. Iqtisodiy-statistik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan klasterlar sanoat diversifikatsiyasini tezlashtiruvchi va hudud iqtisodiyotini inqirozlardan himoya qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Tadqiqot yakunida tumanlar sanoat salohiyatini oshirish va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
Sanoat tarkibi, sanoat klasterlari, diversifikatsiya, hududiy iqtisodiyot, iqtisodiy barqarorlik, qiymat zanjiri
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.