Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 57–58-betlar
TIJORAT BANKLARI BIZNESINI RIVOJLANTIRISHDA KREDIT PORTFELINING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI
Gʻafforovich, Farxod
DOI: 10.5281/zenodo.21785604 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Tijorat banklari faoliyatining asosiy yoʻnalishi va daromad manbai kreditlash hisoblanadi. Bank tizimi jami aktivlarining salmoqli qismi kreditlarga toʻgʻri kelishi bois, kredit portfelini oqilona shakllantirish va samarali boshqarish bank biznesining barqaror rivojlanishi, daromadliligi va raqobatbardoshligini taʼminlashning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan bank tizimini isloh qilish strategiyasida banklarning kredit portfeli sifatini yaxshilash va kredit risklarini boshqarishning xalqaro standartlarga muvofiq mexanizmlarini joriy etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan [1].
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.