Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 92–94-betlar

MARKAZIY OSIYODA SUV RESURSLARI MUAMMOSI VA BARQAROR BOSHQARUV STRATEGIYALARI

Zayniddinova, Dilfuza, Sayfullayev, Behruz

DOI: 10.5281/zenodo.21833906 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslarining shakllanishi, ulardan foydalanish xususiyatlari, mavjud ekologik va geosiyosiy muammolar hamda barqaror boshqaruv istiqbollari kompleks tahlil qilinadi. Mintaqaning asosiy suv manbalari bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari transchegaraviy xarakterga ega bo‘lib, suv resurslarini taqsimlash masalasi davlatlararo hamkorlikni talab etadi. Iqlim o‘zgarishi, muzliklarning degradatsiyasi, irrigatsiya tizimlarining eskirganligi, demografik o‘sish hamda iqtisodiy transformatsiya jarayonlari mintaqada suv xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada Orol dengizi inqirozi suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarishning ekologik oqibati sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish (IWRM), suv diplomatiyasi, suv-energetika almashinuvi mexanizmlari va zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish istiqbollari ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Transchegaraviy suv resurslari, suv xavfsizligi, irrigatsiya, gidroenergetika, iqlim o‘zgarishi, muzliklar degradatsiyasi, Orol dengizi inqirozi, integratsiyalashgan suv resurslarini boshqarish (IWRM), suv diplomatiyasi, barqaror rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.