Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 41–42-betlar

JIGARNING YOG‘LI KASALLIGINI ERTA TASHXISLASH VA FIBROZ RIVOJLANISH XAVFINI BAHOLASHDA ULTRATOVUSH MEZONLARI

Haydarov, Davron, Yusupaliyeva, Gulnora

DOI: 10.5281/zenodo.21929128 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Metabolik disfunksiya bilan bog‘liq steatotik jigar kasalligi (MASLD) hozirgi vaqtda keng tarqalgan surunkali jigar kasalliklaridan biri bo‘lib, semirish, insulin rezistentligi, 2-tur qandli diabet va boshqa metabolik buzilishlar bilan chambarchas bog‘liq. Kasallikning dastlabki bosqichlari ko‘pincha klinik belgilarsiz kechishi sababli jigar steatozini erta aniqlashda xavfsiz, qulay va takroriy qo‘llash imkonini beradigan instrumental diagnostika usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Ultratovush tekshiruvi nurlanish yuklamasining mavjud emasligi, keng qo‘llanish imkoniyati va iqtisodiy jihatdan qulayligi sababli jigar steatozini dastlabki baholashda muhim o‘rin tutadi. Biroq oddiy B-rejimdagi ultratovush tekshiruvi fibroz bosqichini aniq aniqlash imkonini bermaydi. Shu sababli ultratovush ma’lumotlarini elastografiya, klinik va laborator ko‘rsatkichlar bilan birgalikda baholash maqsadga muvofiq.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.