Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 50–51-betlar

STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ISHLAB CHIQILGAN INTEGRATIV METODLARNING 5–6 YOSHLI BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHDAGI EKSPERIMENTAL SAMARADORLIGI

Alijonova, Muborakxon

DOI: 10.5281/zenodo.21943322 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada STEAM texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan to‘rtta integrativ metodning 5–6 yoshli bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishdagi eksperimental samaradorligi yoritilgan. Tajriba-sinov ishlari 2024–2026 o‘quv yilida Sirdaryo viloyatida 91 nafar bola ishtirokida aniqlovchi, shakllantiruvchi va yakunlovchi bosqichlarda o‘tkazildi. Natijalar tajriba guruhida yuqori darajadagi bolalar ulushining nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada o‘sganini ko‘rsatdi, bu esa STEAM texnologiyasining an’anaviy frontal yondashuvga nisbatan yuqori samaradorligini tasdiqladi.

STEAM texnologiyasi, tajriba-sinov ishlari, K.1–K.8 indikatorlari, diagnostik shkala, tajriba guruhi, nazorat guruhi, pedagogik eksperiment.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.