Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 58–66-betlar

MAKTAB O‘QITUVCHISINING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI

Tugalov, Ravshan

DOI: 10.5281/zenodo.21943794 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktab o‘qituvchisining kasbiy  kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi baholash mezonlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash, baholash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda xorijiy, MDH va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari o‘rganilib, mavjud baholash yondashuvlari tahlil qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini obyektiv va tizimli baholashga xizmat qiluvchi raqamli mezonlar hamda indikatorlar taklif etildi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarning faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish, malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mazkur takliflar o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalarida samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etish uchun muhim ahamiyatga ega.

kasbiy, kompetensiya, o‘qituvchi, pedagog, raqamli, texnologiyalar, ta’lim, muhit, baholash, mezonlar, monitoring, sifat, yondashuv, platforma.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.