Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 141–144-betlar

O‘ZBEKISTON KICHIK BIZNESINING RAQAMLI RIVOJLANISH INDEKSI: METODOLOGIYA, TUZILMA VA SINOV TATBIQ NATIJALARI

Rajabov, Sirojiddin

DOI: 10.70413/zdit-v5-i25-56475 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston kichik biznesining raqamli rivojlanishini baholashga mo‘ljallangan O‘zSME-DDI integratsiyalashgan indeksining metodologiyasi, tuzilmasi va sinov tatbiq natijalari yoritiladi. Indeks ierarxik tuzilmaga ega bo‘lib, har bir o‘lcham texnologiyani qabul qilish, raqamli yetuklik, fintex evolyutsiyasi, dinamik qobiliyatlar va biznes-ekotizim nazariyalariga tayanadi. Vaznlash ierarxiyalarni tahlil qilish usuli asosida amalga oshirilib, o‘lchamlar 12–15 foiz oralig‘ida muvozanatlashtiriladi. Indeks OECD/JRC qo‘llanmasining o‘n bosqichli protokoliga muvofiq quriladi hamda TOPSIS, DEA va SEM vositalari bilan to‘ldiriladi. Xulosada indeksni davlat darajasida joriy etishga oid amaliy takliflar beriladi.

O‘zSME-DDI, raqamli rivojlanish indeksi, kichik biznes, kompozit indeks, AHP, yetuklik shkalasi, sinov tadqiqot, hududiy tafovut.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.