Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 5-jild vative-son (2026) · 153–160-betlar
O‘ZBEKISTONDA BOJXONA TO‘LOVLARI TUSHUMLARINI PROGNOZLASHDA ARIMA MODELIDAN FOYDALANISH
Farxodov, Farrux
DOI: 10.70413/zdit-v5-i25-56598 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning muhim manbalaridan biri hisoblangan bojxona to‘lovlari tushumlarini prognozlashda vaqt qatorlari (time series) metodologiyasidan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida bojxona to‘lovlari tushumlarining dinamik qatori ekonometrik usullar asosida baholanib, prognozlash uchun muqobil ARIMA modellarining parametrik xususiyatlari va prognozlash samaradorligi o‘rganilgan. O‘tkazilgan empirik tahlil natijalariga ko‘ra, ARIMA(1,1,0) modeli mavjud ma’lumotlar asosida bojxona to‘lovlari tushumlarini prognozlash uchun eng maqbul model sifatida tanlangan. Mazkur model asosida 2026–2028-yillar uchun bojxona to‘lovlari tushumlarining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. Olingan natijalar bojxona organlarining fiskal faoliyatini takomillashtirish, davlat budjeti daromadlarini ilmiy asoslangan holda rejalashtirish, fiskal tushumlarning istiqboldagi dinamikasini baholash hamda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv qarorlarini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
bojxona to‘lovlari, ARIMA modeli, time series, fiskal faoliyat, prognozlash, ADF testi, bojxona tushumlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.