Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 5-jild 9-son (2026) · 18–21-betlar
CHO‘L O‘SIMLIKLARI URUG‘LARINI PNEVMOMEXANIK TOZALASH USULLARINING ILMIY ASOSLARI (QORAQALPOG‘ISTON MISOLIDA)
Amangeldieva, Gulbanu
DOI: 10.5281/zenodo.19642235 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada cho‘l o‘simliklari urug‘larini pnevmomexanik tozalash usullarining ilmiy asoslari Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida yoritilgan. Tadqiqotda cho‘l va Orolbo‘yi hududlarida tarqalgan o‘simliklar urug‘larining fizik-mexanik, aerodinamik hamda texnologik xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, ko‘p bosqichli pnevmomexanik tozalash mashinalarining ishlash tamoyillari, ularning asosiy parametrlarini tanlash, urug‘ shikastlanishini kamaytirish, tozalik darajasini oshirish va resurs tejamkorligini ta’minlash masalalari ochib berildi. Orol dengizining qurigan tubida va cho‘l zonalarida o‘suvchi saksovul, tamariks, izen, boyalish singari o‘simliklarning ekologik ahamiyati hamda ularning urug‘larini sifatli tayyorlashning meliorativ va bioekologik ahamiyati ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari cho‘l o‘simliklari urug‘larini samarali tozalash uchun ilmiy asoslangan texnologik yechimlarni ishlab chiqishda muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
cho‘l o‘simliklari, Orolbo‘yi, Qoraqalpog‘iston, urug‘ tozalash, pnevmomexanik usul, aerodinamik xususiyatlar, fizik-mexanik xususiyatlar, ko‘p bosqichli texnologiya, modellashtirish, optimallashtirish, resurs tejamkorlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.