Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 1-jild 10-son (2022) · 1–4-betlar

ILK BOLALAR BOG’CHASI O’ZBEKISTONDA

Dildora, Nurova Mamadjonovna

DOI: 10.70413/zdpp-v01-i10-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘lkamizda XIX asrning 80-90-yillariga kelib maktabgacha ijtimoiy tarbiya tizimini vujudga keltirish g‘oyalari yetila boshlandi. O‘sha davrda yashab ijod etgan ma’rifatparvar mahalliy ziyolilar ayollarning og‘ir ahvoli va bolalar nazoratsizligini e’tiborga olib, bu masalaning yechimini izlay boshlaydi. Jumladan, 1872 yilda Turkistonda tuzilgan «Jamiyati xayriya» tarkibiga kirgan ziyolilar vakillari tomonidan miskinlar uylari, tunash joylari, ilk tug‘uruqxonalar bilan bir qatorda, ota-onasi bo‘lmagan bolalar uchun yetimxonalar (dastlabki bolalar uylari) tashkil etildi. Butun Turkiston bo‘yicha 150-200 nafar bolani qamrab olgan ushbu yetimxonalarda ham yasli yoshidagi, ham maktab yoshidagi bolalar tarbiyalangan.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.