Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 2-jild 3-son (2023) · 10–11-betlar
PSIXOLOGIYA FANI VA UNING VAZIFASI
Madaminjonova, Feruza
DOI: 10.5281/zenodo.7601736 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Psixologiya voqelikning alohida bir sohasi bo’lgan psixik hayot sohasini o’rganadi. Har kimga ma’lum hodisalar - sezgilarimiz, idrok, tasavvurlarimiz, fikr, his, intilishlarimiz va shunga o’xshash hodisalar psixika hodisalari jumlasidandir. Psixik hayot hodisalari juda xilma-xil, ammo bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Psixologiyaning vazifasi ana shu munosabat va bog’lanishlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixologiya fanining ma’lumotlaridan amaliy maqsadda va, avvalo, ta’lim-tarbiya ishida va, shuningdek, ishlab chiqarishda, mehnatni tashkil etish va ixchamlashtirishda, tibbiyotda, san’at va shunga o’xshash sohalarda foydalanmoq uchun psixikaning taraqqiyot qonunlarini bilish kerak.
psixika, taraqqiyot qonunlari, psixik faktlar, mexanizmlar, individual psixologik xususiyatlari, temperament, animizm, bilish jarayonlari, bilish faoliyatlari, tabiatshunoslik, falsafa, psixik jarayonlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.