Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 3-jild 11-son (2024) · 63–65-betlar
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA BU JARAYONNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Ortiqova, Nilufar
DOI: 10.70413/zdpp-v03-i11-p1-020 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari va bu jarayonning ta’limdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish – ularning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlarni o‘rganishi, shaxsiy o‘sish va rivojlanishlari uchun muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, maqolada kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli, ayniqsa, rasm, ertak, kreativ topshiriqlar orqali o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatish usullari yoritiladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorligi va ijtimoiy muhitning o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Kreativ qobiliyat, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari , pedagogik metodlar, ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlash, ta’lim metodikasi, innovatsion yondashuv, rasm va ertak metodikasi, ijtimoiy muhit.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.