Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 3-jild 11-son (2024) · 93–97-betlar

O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH VA TANQIDGA MUNOSABATNI DIAGNOSTIKA QILISH

Kamilova, Shaxnoza

DOI: 10.70413/zdpp-v03-i11-p1-030 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘z-o‘zini nazorat qilish va tanqidga munosabatni diagnostika qilish masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy jamiyatda shaxsning o‘zini o‘zi tahlil qilish, xatolarini tan olish va ularni tuzatish qobiliyatlari muvaffaqiyatning muhim omillari sifatida qaraladi. Ushbu jarayonlar shaxsiy va kasbiy rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada o‘z-o‘zini nazorat qilish va tanqidga munosabat shakllanishining psixologik va pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu ko‘nikmalarni aniqlash va rivojlantirishning samarali diagnostik usullari tavsiya etilgan. Tadqiqot natijalari ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

O‘z-o‘zini nazorat qilish, tanqidga munosabat, psixologik diagnostika, shaxsiy rivojlanish, pedagogik usullar, metodik yondashuv, xatolarni tahlil qilish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.