Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 3-jild 13-son (2024) · 11–14-betlar
MUSIQA TA’LIMIDA INDIVIDUAL VA GURUH YONDASHUVLAR SAMARADORLIGI
Masharipova, Gulbahor
DOI: 10.70413/zdpp-v03-i13-p1-003 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada musiqa ta’limida individual va guruhiy yondashuvlarning samaradorligi o‘rganilgan. Individual yondashuv talabaning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘ziga xos o‘quv jarayonini tashkil etish imkonini beradi. Guruhiy yondashuv esa o‘quvchilarning ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish, birgalikdagi ijodiy jarayon orqali jamoaviy mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi. Maqolada ushbu yondashuvlarning afzalliklari, cheklovlari va ularni uyg‘unlashtirishning samarali usullari ilmiy va amaliy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, musiqa ta’limida individual va guruhiy yondashuvlarning pedagogik natijadorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Musiqa ta’limi, individual yondashuv, guruhiy yondashuv, pedagogik samaradorlik, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, jamoaviy mas’uliyat, shaxsiy rivojlanish, kommunikativ ko‘nikmalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.