Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 3-jild 13-son (2024) · 108–109-betlar

INKLYUZIV TA'LIMDA AXBOROT MUHITINI YARATISH VA RIVOJLANTIRISH VOSITALARI

Abduvaxobova, Shaxnoza, O’rmonova, Fotima

DOI: 10.5281/zenodo.14551447 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Dunyo bo'ylab axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, internet va raqamli ta'lim platformalarining keng tarqalishi inklyuziv ta'limni yangi bosqichga olib chiqdi. Bugungi kunda, masalan, onlayn ta'lim, interaktiv darslar, turli xil yordamchi dasturlar va qurilmalar inklyuziv ta'limni amalga oshirishda ajralmas vositaga aylangan. Shu bilan birga, bu texnologiyalar maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan o'quvchilarga o'z bilimlarini kengaytirish va o'z imkoniyatlarini maksimal darajada amalga oshirish uchun zarur vositalarni taqdim etmoqda. Shu nuqtai nazardan, inklyuziv ta'limda axborot muhitini yaratish global ta'lim tizimida o'zgarishlar va yuksalishlarga olib kelayotgan asosiy omil bo'lib, barcha o'quvchilarning potensialini ro'yobga chiqarishning muhim asosi hisoblanadi. Bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa nafaqat texnologiyalarni joriy etish, balki o'qituvchilar, ta'lim muassasalari, va hukumatlar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirishni talab etadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.