Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 3-jild 14-son (2024) · 12–15-betlar

INKLYUZIV TA’LIM – HAMMA BOLALAR UCHUN TENG IMKONIYATLAR

Xidirova, M.Q., Ortiqova, S.S.

DOI: 10.70413/zdpp-v03-i14-p1-003 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola inklyuziv ta’limning ahamiyati, uning jamiyatdagi roli va O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni ko‘rib chiqadi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi har bir bolaning ehtiyojlariga mos ta’lim olish imkoniyatlarini ta’minlash va jamiyatda tenglik, adolat yaratishdir. O‘zbekiston Prezidentining ta’lim sohasidagi yondashuvlari va ta’lim mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan islohotlar orqali inklyuziv ta’limni joriy etishning samaralari tahlil qilingan. Maqolada pedagoglar, innovatsion texnologiyalar va jamiyatdagi inklyuziv ta’limning o‘rni haqida ham muhim fikrlar taqdim etilgan. Bu maqola inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Inklyuziv ta’lim, tenglik, adolat, imkoniyatlari cheklangan bolalar, ta’lim tizimi, pedagoglar, innovatsion texnologiyalar, integratsiya, ta’lim islohotlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.