Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 3-jild 14-son (2024) · 47–49-betlar

LISONIY SHAXS SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGIK OMILNING TA’SIRI

Saatova, Surayyo

DOI: 10.70413/zdpp-v03-i14-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Antroposentrik tilshunoslikda lisoniy shaxs bir qator sohalarning ajralmas obyekti hisoblanadi. So‘zlovchi inson tadqiqotlar diqqat markazida bo‘lar ekan, bu holat zamonaviy tilshunoslikda kommunikatsiya jarayoni, muomala madaniyati muammolarini shakllantirish uchun alohida ahamiyatga ega. Jamiyatda inson nutqiga ijtimoiy omillar bilan birga madaniy va psixologik omillar ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Insonning nutqi u haqida ma’lumot berib, uning individual-psixologik xarakter xususiyatlarini ham ifodalaydi. Chunki jamiyatda kommunikatsiya jarayonida shaxsning psixologik, ma’naviy va ijtimoiy holati nutqining semantikasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda linvopersonologiyaning psixolingvistika, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, etnolingvistika va boshqa shu kabi sohalar bilan bir nuqtada kesishishini taqozo qiladi. Bugungi kunda tilni yaratuvchi insonga bo‘lgan yangicha yondashuvlar lisoniy shaxsni har tomonlama o‘rganish uning muloqot jarayonida nutqiy xatti-harakatlariga yangicha qarashga imkon bermoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.