Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 3-jild 8-son (2024) · 21–26-betlar

AZIM HOJIYEVNING MORFEMA BORASIDAGI QARASHLARI

Xabibillayev, Nodirbek

DOI: 10.5281/zenodo.13639173 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Morfema tushunchasi slavyan tillarida paydo bo‘lganidan buyon deyarli barcha tillarga kirib keldi. Jumladan, o‘zbek tilida ham bu termindan foydalanamiz. Ushbu termin barcha tillarda bir xil mazmunda kelmaydi. Tilning xususiyatidan kelib chiqib ayrim tillarda asosni va ayrim tillarda qo‘shimchaning o‘zinigina ifodalashi mumkin. Muammo shundaki, morfema tushunchasi o‘zbek tiliga ham slavyan tillariga xos bo‘lgan xususiyat bilan kirib keldi (Azim Hojiyev ta’biri bilan aytganda, majburlab kirgizildi). Bu esa nazariyada o‘z vaqtida bilinmasa-da keyinchalik baribir yuzaga chiqdi. Ushbu maqolada morfema tushunchasining o‘zbek tilshunosligiga kirib kelishi va uning muammolari borasida so‘z yuritiladi.

morfema, morfologik birlik, lug‘at, yasalish tuzilishi, morfem tuzilish, leksema-morfema, so‘z-morfema, omonim, sinonim, antonim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.