Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 10-son (2025) · 4–8-betlar
KORXONALAR INNOVATSION FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA EVOLYUTSIYASI
Turanov, Suhrob
DOI: 10.5281/zenodo.15477971 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tesizda korxonalar innovatsion faoliyatini moliyalashtirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Innovatsion jarayonlarning noaniqligi, kumulyativligi va kollektiv xususiyati ularni moliyalashtirishda maxsus strategik yondashuvlar va resurslarni talab qiladi. Tadqiqotda klassik va zamonaviy iqtisodiy nazariyalar, jumladan, Shumpeter, Solow, Chesbrough va Freemanlarning yondashuvlari orqali innovatsion faoliyatni moliyalashtirish mexanizmlari, tavakkalchilik va agentlik muammolari kontekstida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ilmiy-tadqiqot investitsiyalarining ahamiyati, moliyalashtirishda ichki va tashqi resurslar o‘rtasidagi muvozanat, soliq imtiyozlari va davlat siyosatining roli yoritiladi.
Innovatsion faoliyat, moliyalashtirish mexanizmlari, R&D, ilmiy-tadqiqot investitsiyalari, strategik nazorat, agentlik muammosi, ochiq innovatsiyalar, soliq imtiyozlari, milliy innovatsion tizim, tavakkalchilik, nomoddiy aktivlar, Shumpeter nazariyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.