Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 10-son (2025) · 25–28-betlar

HAYOTGA MOTIVATSIYA VA RUHIY BARDOSHLILIK MANBALARI

Ro'ziyeva, Zilola

DOI: 10.5281/zenodo.15480689 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada hayotiy motivatsiya va insonning ichki kuch manbalari psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Motivatsiyaning shaxsiy qadriyatlar, maqsadlar va ichki turtki bilan bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Shuningdek, ichki kuch tushunchasiga zamonaviy psixologiyadagi yondashuvlar (Maslou, Frankl, Seligman, Duckworth va boshqalar) orqali yondashilib, uning tarkibiy qismlari – ruhiy barqarorlik, o‘ziga ishonch, ijobiy ichki suhbat va muvofiq ijtimoiy muhit – aniqlangan. Maqolada ichki kuchni rivojlantirishning amaliy usullari ham bayon qilinib, ushbu tushunchalarning shaxsiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda nazariy-analitik metodlar asosida asosiy nazariyalar tahlil qilinib, muallif tomonidan umumlashtirilgan ilmiy xulosalar taqdim etilgan.     

motivatsiya, ichki kuch, ruhiy barqarorlik, psixologik turtki, o‘ziga ishonch, shaxsiy rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.