Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 10-son (2025) · 120–125-betlar
MARKAZIY OSIYOGA QARATILGAN G’OYAVIY – MAFKURAVIY TAHDIDLARNING KO’RINISHINI OLDINI OLISH
Uroqova, Orzigul
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i10-p1-035 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratilgan g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning asosiy ko‘rinishlari, ularning shakllanish manbalari, tarqalish usullari va jamiyatga, ayniqsa yoshlar qatlamiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Mintaqaning geosiyosiy ahamiyati, ochiqlik siyosati va raqamli texnologiyalar rivoji fonida mafkuraviy kurash vositalarining zamonaviy tus olgani ko‘rsatib beriladi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning keskin ommalashuvi natijasida ekstremistik va radikal g‘oyalarning tarqalish tezligi oshgan. Ayniqsa, yoshlar radikal g‘oyalar nishoniga aylangan. Maqolada ana shu tahdidlarning oldini olish bo‘yicha ta’lim tizimining roli, OAV va blogosfera imkoniyatlari, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati va davlat siyosatining muhim jihatlari yoritilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, media savodxonlikni oshirish va ijobiy g‘oyalarni ilgari surish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda amaliy va nazariy asoslarni belgilashga xizmat qiladi.
G‘oyaviy tahdid, mafkuraviy xavf, ekstremizm, ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar, profilaktika, mafkuraviy immunitet
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.