Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 10-son (2025) · 152–153-betlar
BALOG‘AT DAVRIDA SHAXSNING O‘ZLIKNI ANGLASH VA IDENTIFIKATSIYA QILISH JARAYONLARI
Zuxurova, D.A., Shodmonova, M.O.
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i10-p1-044 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada balog‘at davrida shaxsning o‘zligini anglash va identifikatsiya qilish jarayonlari tahlil qilinadi. O‘sib kelayotgan yosh organizm psixikasi o‘zgarishga uchrab, shaxsiy va ijtimoiy identifikatsiya vositalari orqali o‘zligini shakllantirishga intiladi. Tadqiqotda Erikson va boshqa psixologlarning nazariy yondashuvlari asosida o‘zlikni anglash bosqichlari, ularning yosh xususiyatlari bilan bog‘liqligi, shuningdek, o‘zlik krizisi va uni yengib o‘tish mexanizmlari yoritilgan. Amaliy jihatdan bu jarayonlar maktab, oila va tengdoshlar muhiti bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.
balog‘at davri, o‘zlikni anglash, identifikatsiya, o‘sish krizi, shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy muhit, Erikson, identitet.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.