Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 11-son (2025) · 21–23-betlar
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA GEYMIFIKATSIYANI JORIY ETISH VA BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI
Aslonova, Rushano
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i11-p1-005 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Jahonda iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi natijasida inson kapitaliga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va kreativ metodikalar bilan uyg‘unlashgan o‘qitish uslublarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi esa inson shaxsining shakllanishidagi eng muhim bosqich sifatida, o‘z mazmun-mohiyatini qayta ko‘rib chiqishni va zamonaviy yondashuvlar bilan boyitishni talab qilmoqda. Geymifikatsiya – ya’ni o‘yin mexanizmlarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash – bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish, ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlikni erta shakllantirishga xizmat qiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limda geymifikatsiyalash orqali zamonaviy mehnat bozoriga mos, muammoli vaziyatlarda yechim topa oluvchi, adaptiv fikrlaydigan avlodni shakllantirishga erishmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.