Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 11-son (2025) · 49–54-betlar
BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINI KREATIV KOPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Urazaliyeva, Kamola
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i11-p1-016 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarni amalga oshirish uchun ta'lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib kelinmoqda. Jumladan, maktabgacha ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish va shu yo‘lda qator islohotlarni amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun ta'lim sifatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish” kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq o‘qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ushbu maqolada aks etgan.
idrok, interfaol, metod intellektual, axloqiy, estetik jismoniy, kreativ, ma’lumot, soha.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.