Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 12-son (2025) · 10–13-betlar
HAYOTIY KOMPETENSIYALAR VA O‘QUVCHILARNING SHAXSIY RIVOJLANISHI: O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI
Davletov, Erkaboy
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i12-p1-003 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda hayotiy kompetensiyalar tushunchasi, ularning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy ta'lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Muallif hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish o‘quvchilarda nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ijtimoiy-emotsional barqarorlik kabi shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq ekanligini asoslaydi. Tezisda ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarga tayanilgan holda, umumta’lim muassasalarida hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirish orqali o‘quvchilarning shaxsiy taraqqiyotiga erishish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot natijalari hayotiy kompetensiyalarni ta’limning mazmuniy asosi sifatida qarash zarurligini ko‘rsatadi.
shaxsiy rivojlanish, umumta’lim, tanqidiy fikrlash, ijtimoiy-emotsional barqarorlik, muammolarni hal qilish, kompetensiyaviy yondashuv.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.