Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 12-son (2025) · 29–31-betlar
JAHON VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOTLAR
Mirzaahmedov, Mirjalol
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i12-p1-008 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada jahon va o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslari, shuningdek, ularning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning lingvokulturologiya orqali o‘rganilishi jahon tilshunosligida muhim ilmiy yo‘nalish sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida esa lingvokulturologik yondashuvlar yangi imkoniyatlar ochmoqda. Tadqiqotda korpus lingvistikasi, matnshunoslik, so‘rovnoma va intervyu metodlari qo‘llanilib, madaniyatning til orqali ifodalanishi, madaniy kodlar va metaforalarning shakllanishi o‘rganildi. Natijalar til va madaniyatning murakkab o‘zaro ta’sirini, milliy madaniyatning lingvistik aks etishini ko‘rsatadi hamda lingvokulturologiyaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.
Lingvokulturologiya, Til va madaniyat, Jahon tilshunosligi, O‘zbek tilshunosligi, Korpus lingvistikasi, Madaniy kodlar, Frazeologiya, Metafora.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.