Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 12-son (2025) · 44–45-betlar

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-ASOSIY YO‘NALISHLARI

Abdieva, Saltanat

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i12-p1-014 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

XXI asr – innovatsiyalar, axborot kommunikatsiya tizimlari va raqamli texnologiyalar asri bo‘lib, bu jarayon ta’lim tizimiga ham katta ta’sir qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi”da ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga doir yo‘nalishida ta’lim sohasiga ham muhim vazifalarni belgilab berdi. Umumta’lim maktablaridagi “Mehnat ta’limi” fani “Texnologiya” fani deb o‘zgartirilib, ushbu fan mazmuni kengaytirildi, ya’ni innovatsion texnologiyalar, ulardan samarali foydalanish kabi vazifalar yuzasidan fan tarmog‘ida o‘rgatilishi kerak bo‘lgan mavzular zamonaviylashtirildi va takomillashtirildi. Bunday sharoyitta texnologiya fani orqali o‘quvchilarda texnik tafakkur va ijodiy yondashuvni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.