Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 13-son (2025) · 125–130-betlar

RUMIY ASARLARIDA EGO (NAFS) BILAN KURASHISH PSIXOLOGIYASI: TASAVVUFIY VA ZAMONAVIY TALQIN

Turg’unova, Diyora, Alimov, X.

DOI: 10.5281/zenodo.15806467 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiy asarlarida nafs (ego) tushunchasining mazmuni, uning inson psixologiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi, tasavvufiy-falsafiy talqinlari va zamonaviy psixologik nazariyalar bilan uyg‘un jihatlari tahlil qilinadi. Muallif Rumiyda nafs bilan kurashishning asosiy yo‘llari — muhabbat, sukut, raqs va ramziy hikmatlar orqali egoni jilovlash usullarini ochib beradi. Maqolada Rumiy g‘oyalarining bugungi kunda shaxsiy rivojlanish, stressni kamaytirish, ichki muvozanatga erishish kabi psixologik jarayonlardagi ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Rumiyning nafs bilan kurashish falsafasi shaxsiy o‘sish va ruhiy salomatlikni ta'minlovchi manba sifatida ko‘rsatiladi.

Rumiy, nafs, ego, tasavvuf psixologiyasi, shaxsiy o‘sish, ichki muvozanat, psixoterapiya, ruhiy salomatlik, transpersonal psixologiya, ichki konflikt, sukut, muhabbat, sema.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.