Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 14-son (2025) · 40–44-betlar

BO‘LAJAK SURDOPEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENTLILIGINING RIVOJLANGANLIGI MEZONLARI

Xayitov, Lazizbek

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i14-p1-009 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola bo'lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini baholash va rivojlantirish uchun ilmiy asoslangan mezonlarni belgilash hamda bu mezonlarning amaliy tatbiqini tahlil qilishga qaratilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida eshitish qobiliyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini objektiv baholash mezonlari mavjud emasligi bu sohada sifatli kadrlar tayyorlashga to'sqinlik qilmoqda. Ishlab chiqilgan mezonlar pedagogika universiteti va malaka oshirish kurslarida surdopedagoglar tayyorlash sifatini yaxshilash, shuningdek, mavjud mutaxassislarning malakasini baholash uchun qo'llanilishi mumkin. Surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish uchun tizimli yondashuv zarur bo'lib, bu jarayon doimiy monitoring va baholash asosida amalga oshirilishi kerak.

surdopedagogika, kasbiy kompetentlik, baholash mezonlari, eshitish buzilishi, maxsus ta'lim, professional tayyorgarlik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.