Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 14-son (2025) · 63–68-betlar

OʻSMIRLARDA KARERANI TANLASH DAVRIDA YUZAGA KELUVCHI IDENTIFIKATSION KRIZISLARNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Nurjanov, Arslon

DOI: 10.5281/zenodo.16257672 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada oʻsmirlik davridagi yoshlarning kasbiy identifikatsiya jarayonida yuzaga keluvchi inqiroz holatlarining psixologik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Oʻsmirlik yosh davrining oʻziga xos xususiyatlari, ayniqsa, shaxsning oʻzini anglash, kelajakka oid rejalar tuzish va kasbiy yoʻnalishni tanlashda identifikatsion krizislarning sabablari va namoyon boʻlish shakllari psixologik nazariyalar asosida ochib berilgan. Identifikatsion krizislarning oʻsmirlar shaxsiyati rivojiga ta’siri, uning oldini olish va bartaraf etishda psixologik yordam mexanizmlari muhokama qilingan. Mualliflar tomonidan mazkur krizislarning yechimini topishda oʻsmirlarning psixologik salohiyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

oʻsmirlik yoshi, kasb tanlash, identifikatsion krizis, psixologik tahlil, shaxs rivojlanishi, kasbiy orientatsiya, psixologik salohiyat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.