Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 14-son (2025) · 90–92-betlar

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Umarova, Feruzabonu

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i14-p1-023 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida pedagogik madaniyatni rivojlantirishning asosiy omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Pedagogik madaniyat – o‘qituvchi va talabalarda kasbiy axloq, muloqot madaniyati, estetik qarashlar va mas’uliyat hissini shakllantiruvchi ko‘p qirrali tushuncha sifatida yoritilgan. Muallif pedagogik madaniyatni shakllantirishga ta’sir etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-pedagogik, psixologik va texnologik omillarni aniqlab, ularning o‘zaro bog‘liqligini asoslagan. Xususan, o‘quv jarayonida madaniy muhitni yaratish, o‘qituvchining shaxsiy namunasi, talabalarning faol ishtiroki va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining qo‘llanilishi pedagogik madaniyat rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Maqolada oliy ta’lim tizimidagi mavjud holatlar tahlil qilinib, madaniy yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

pedagogik madaniyat, oliy ta’lim, kasbiy etikа, muloqot madaniyati, o‘qituvchi shaxsi, ma’naviy qadriyatlar, innovatsion ta’lim, interaktiv metodlar, ta’lim muhiti, axloqiy tarbiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.