Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 14-son (2025) · 108–112-betlar

MAKTABLARDA KVANT FIZIKASI ASOSLARINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Axmatova, Sanobar

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i14-p1-029 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida kvant fizikasi asoslarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, metodik asoslari hamda bu yo‘nalishdagi dolzarb muammolar yoritilgan. An’anaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarining integratsiyasi orqali o‘quvchilarda nazariy bilim bilan birga amaliy tafakkurni shakllantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Kvant fizikasi tushunchalarining murakkabligiga qaramay, ularni oddiy, bosqichma-bosqich, tushunarli va interaktiv usullar bilan o‘rgatish samaradorligi isbotlangan. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va STEAM yondashuvi asosida kvant fizikasi o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi, o‘quv materiallarini tanlash va baholash mezonlari kabi jihatlar ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola o‘qituvchilarga yangi metodik yondashuvlarni ishlab chiqishda nazariy asos va amaliy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.

kvant fizikasi, maktab ta’limi, pedagogik asoslar, interaktiv metodlar, STEAM, o‘quv motivatsiyasi, zamonaviy ta’lim, fizikaviy tafakkur, o‘quvchi faolligi, metodika, raqamli ta’lim, fizik tushunchalar, innovatsion yondashuvlar, kasbiy rivojlanish, fanlararo integratsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.