Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 15-son (2025) · 4–6-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MULTIMODAL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH: RAQAMLI ASR TALABLARI

Salimova, Dilbar

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i15-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida multimodal kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va global tarmoqlar rivojlangan hozirgi davrda axborot almashinuvi vizual, audial va kinestetik elementlarni o‘z ichiga olgan multimodal xarakterga ega bo‘lib, bu holat ta’lim jarayoniga yangi talablar qo‘ymoqda. Multimodal kommunikatsiyaning nazariy asoslari yangilanadi, boshlang‘ich ta’limdagi mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinadi va o‘quvchilarning kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli pedagogika hamda sun’iy intellekt (AI) asosidagi innovatsion o‘qitish strategiyalari taklif etiladi. Maqola multimodal matnlar bilan ishlash, tanqidiy media savodxonligini rivojlantirish va raqamli vositalar yordamida ijodiy faoliyatni rag‘batlantirishga oid amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

multimodal kommunikatsiya, kommunikativ kompetensiya, boshlang‘ich ta’lim, raqamli pedagogika, vizual savodxonlik, sun’iy intellekt, media savodxonlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.