Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 15-son (2025) · 63–65-betlar

TALABALARDA MILLIY VA UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Tolibjonova, Ozodaxon

DOI: 10.5281/zenodo.17033277 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Maqolada talabalarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Jamiyatning globallashuvi, ta’lim tizimidagi modernizatsiya jarayonlari, shuningdek, shaxsni har tomonlama rivojlantirish zarurati kompetensiyalarni shakllantirishni ustuvor vazifa sifatida belgilab bermoqda. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar o‘zida nafaqat madaniy meros va qadriyatlarni anglashni, balki ularni zamonaviy ijtimoiy hayot sharoitida samarali qo‘llashni ham nazarda tutadi. Maqolada milliy qadriyatlarni yosh avlod ongida mustahkamlash bilan bir qatorda, dunyo madaniyati yutuqlaridan foydalanish orqali keng dunyoqarash va tolerantlikni rivojlantirish masalalari pedagogik yondashuvlar asosida yoritilgan. Shu orqali ta’lim jarayonida talabalarni har tomonlama tayyorlash, ularni milliy g‘urur va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda tarbiyalash imkoniyatlari ochib beriladi.

milliy kompetensiya, umummadaniy kompetensiya, talaba, ta’lim, pedagogik asoslar, qadriyat, tarbiya, dunyoqarash.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.