Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 15-son (2025) · 69–72-betlar

TIL, TAFAKKUR VA DAVR UYG‘UNLIGI: XAYRIDDIN SULTONNING QISSACHILIK USLUBI

Adilova, Fanuza

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i15-p1-022 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezis Xayriddin Sulton qalamiga mansub “Ajoyib kunlarning birida” qissasining badiiy xususiyatlari, janr poetikasi, til va uslubiy yondashuvlari hamda asarda ifodalangan davr ruhi tahliliga bag‘ishlangan. Asarda 1970–80-yillar Sovet O‘zbekistoni hayotining realistik manzaralari, insoniy iztiroblar, ma’naviy bo‘shliq va milliy o‘zlikni anglash jarayonlari chuqur badiiy ifodasini topgan. Qahramonlar, xususan Sulton obrazi orqali muallif ichki monolog, ruhiy kurash, vijdon va burch, hayot mazmuni kabi falsafiy masalalarni yoritadi. Botir Zokirov obrazida esa milliy g‘urur, ma’naviyat va san’at ifodasi mujassam. Asarning tili sodda, xalqona, ammo mazmunan chuqur; har bir obraz nutqi individuallashtirilgan. Tadqiqotda qissa janrining zamonaviy evolyutsiyasi, psixologizm va lirizm singari tendensiyalar ham yoritilib, muallif uslubining yuksak badiiy madaniyati namoyon etiladi. Shu jihatdan, qissa o‘zbek adabiyotida falsafiy-lirik qissachilikning yorqin namunasi sifatida baholanishi mumkin.

Obraz poetikasi, psixologizm, davr ruhi, sovet davri adabiyoti, til va uslub, ichki monolog, milliy qadriyatlar, badiiy tafakkur, realizm, Botir Zokirov obrazi, falsafiy-lirik qissa.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.