Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 15-son (2025) · 85–87-betlar

OLIY TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDA PEDAGOGIK MAHORAT TALABLARI

Xaitova, Yulduz

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i15-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

XXI asrda insoniyat taraqqiyoti bevosita raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayoniga ham keng ko‘lamda kirib kelmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash nafaqat o‘qitish sifatini oshiradi, balki talabalarni mustaqil bilim olishga, kreativ fikrlashga, raqamli muhitda samarali ishlashga ham o‘rgatadi. Shu boisdan, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar tubdan yangilanmoqda. Endilikda zamonaviy pedagog faqat bilim yetkazuvchi emas, balki raqamli texnologiyalar vositasida ta’lim oluvchilarda mustaqil o‘rganish, tahlil qilish va ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi shaxs sifatida shakllanmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.