Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 16-son (2025) · 50–53-betlar
INGLIZ VA O‘ZBEK KINODISKURSINING NAZARIY HAMDA AMALIY JIHATLARI
Barotova, Nigina
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i16-p1-015 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur tezisda kinodiskurs tushunchasi va uning ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Diskursning umumiy ta’rifi, turlari hamda kinodiskursning o‘ziga xos xususiyatlari M. Fuko, T. van Deyk va Yu. Lotman qarashlari asosida tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz kinodiskursi qiyosiy jihatdan o‘rganilib, ularning lingvokulturologik farqlari va umumiy tomonlari ochib beriladi. O‘zbek kinodiskursida milliy qadriyatlar, tarixiy mavzular va ma’naviy meros yetakchilik qilsa, ingliz kinodiskursida individualizm, global muammolar va ommaviy madaniyat ustunlik qiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kinodiskurs jamiyat tafakkurini shakllantirish, ijtimoiy ongni tarbiyalash va milliy identitetni namoyon etishda muhim vosita sifatida talqin qilinadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.