Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 16-son (2025) · 78–79-betlar

OTORINOLARINGOLOGIYA FANINING SHAKLLANISHI VA TIBBIY TA’LIMDA SAR (SIMULATION, ANALYZE, REFLECTION) MODELI ASOSIDAGI INNOVATSION YONDASHUVLAR

Mirzaqandov, E.E.

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i16-p1-023 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Otorinolaringologiyaning dastlabki boshlang‘ich asoslari qadimgi Sharq, Misr, Yunoniston va Hindiston tibbiyotida uchraydi. Bu davrda tibbiyot hali mustaqil fan sohalariga ajralmagan bo‘lsa-da, inson bosh va bo‘yinning yuqori qismida joylashgan a’zolar — quloq, burun va tomoq bilan bog‘liq kasalliklarni davolashga oid amaliy tajribalar va kuzatuvlar mavjud bo‘lgan. Masalan, Miloddan avvalgi 3000-yillarda qadimgi Misr tabiblari burun qonashlarini to‘xtatish, quloqdagi yiringli holatlarni tozalash bo‘yicha muayyan amaliyotlarga ega bo‘lganlar. Papirus Ebers (M. avv. 1550 y.)da burun va halqum sohasidagi kasalliklar tavsifi, ularni davolashda o‘simliklardan tayyorlangan aralashmalar haqida ma’lumotlar berilgan .

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.