Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 16-son (2025) · 84–87-betlar

FAVQULODDA VAZIYATLARDA ICHKI ISHLAR AKADEMIYASI KURSANTLARINING EMOTSIONAL BARQARORLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIK ASOSLARI

Kadirova, Sayyora

DOI: 10.5281/zenodo.17192530 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada ichki ishlar akademiyasi kursantlarining favqulodda vaziyatlarda emotsional barqarorligini shakllantirish metodik asoslari tahlil qilingan. Bugungi globallashuv davrida xavfsizlik tizimining samaradorligi nafaqat kasbiy tayyorgarlik, balki psixologik chidamlilik va ruhiy mustahkamlik darajasiga ham bevosita bog‘liqdir. Kursantlarning emotsional barqarorligi ularga og‘ir sharoitlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, stressni boshqarish va vaziyatni nazorat qilish imkonini beradi. Tadqiqotda innovatsion treninglar, simulyatsion mashg‘ulotlar va refleksiv metodlardan foydalanish samarali yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu yondashuvlar kursantlarning ruhiy salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

ichki ishlar akademiyasi, kursant, favqulodda vaziyat, emotsional barqarorlik, metodika, ruhiy mustahkamlik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.