Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 16-son (2025) · 88–90-betlar
RAQAMLI MUZEY TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MADANIY-MA’RIFIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Murodova, Durdonaxon
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i16-p1-026 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli muzey texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning madaniy-ma’rifiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Madaniy-ma’rifiy kompetensiya — bu shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarashi, madaniy merosni anglash va uni jamiyat taraqqiyoti uchun targ‘ib qilish qobiliyati hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar muzey pedagogikasining yangi bosqichini shakllantirib, virtual muzeylar, 3D eksponatlar, multimedia dasturlar va onlayn ko‘rgazmalar orqali ta’lim jarayonini boyitmoqda. Maqolada raqamli muzey pedagogikasining nazariy asoslari, uning ta’lim jarayoniga integratsiyasi, xorijiy va milliy tajribalar, istiqbolli yo‘nalishlar va metodik yondashuvlar keng yoritilgan.
Raqamli muzey, virtual muzey, 3D texnologiyalar, bo‘lajak o‘qituvchilar, madaniy-ma’rifiy kompetensiya, interfaol ta’lim, raqamli pedagogika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.