Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 16-son (2025) · 91–95-betlar

KAR VA ZAIF ESHITUVCHI YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Tursunov, Hojiakbar

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i16-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotning maqsadi kar va zaif eshituvchi yuqori sinf o‘quvchilarida axborot kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash va tizimli yondashuvlarni ishlab chiqishdir. Tadqiqotda axborot kompetensiyasi tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi roli, shuningdek, eshitish qobiliyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus metodik yondashuvlar tahlil qilindi. Nazariy asoslar sifatida pedagogika, inkluziv ta’lim, informatsion texnologiyalar va kommunikativ kompetensiya nazariyalari asosida yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, axborot kompetensiyasini rivojlantirishda multimodal ta’lim vositalari, vizual va interaktiv resurslardan foydalanish samarali bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil axborot qidirish, tahlil qilish va baholash qobiliyatlarini oshirishga yordam beradi. Ushbu nazariy tadqiqot inkluziv ta’lim jarayonida axborot kompetensiyasini shakllantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

axborot kompetensiyasi, kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar, yuqori sinflar, inkluziv ta’lim, pedagogik texnologiyalar, informatsion va kommunikativ kompetensiya;

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.