Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 16-son (2025) · 126–128-betlar

MASOFAVIY TA’LIMDA IJTIMOIY ALOQALARNING YETISHMASLIGI: PSIXOLOGIK OQIBATLARI VA UNI QOPLASH USULLARI

Mahkamov, Imomberdi

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i16-p1-037 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Masofaviy ta’lim (onlayn yoki elektron ta’lim) so‘nggi yillarda, ayniqsa COVID‑19 pandemiyasi davrida, keng tarqaldi. Bu yondashuv ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirdi, jismoniy cheklovlar va geografik cheklovlarni kamaytirdi. Biroq, masofaviy ta’lim bilan birga ijtimoiy aloqalarning sezilarli darajada kamayishi, yuzma‑yuz interaksiya, tasodifiy suhbatlar, guruh ishlari va jismoniy muloqot imkoniyatlari cheklangani kabi omillar paydo bo‘ldi. Bu holatlar talabalar va o‘qituvchilarda turli psixologik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolaning maqsadi — masofaviy ta’limda ijtimoiy aloqalar yetishmasligining psixologik oqibatlarini o‘rganish, mavjud adabiyotlardan foydalangan holda ularni tahlil qilish, shuningdek bu muammoni bartaraf etish yoki kamaytirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.