Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 17-son (2025) · 13–18-betlar
O‘SPIRIN YOSHDAGI QIZLARNING OTALIK OBRAZIGA NISBATAN PSIXOLOGIK QARASHLARI VA OILAVIY ROLI
Abdupattaxova, Dilafruz, Botirova, Dilafro’z
DOI: 10.70413/zdpp-v04-i17-p1-004 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Maqolada o‘spirin qizlarning oiladagi rollar tizimida otalik makomi haqidagi tasavvurlari, ularning psixologik shakllanish jarayonidagi o‘ziga xos jihatlar tahlil qilingan. Ota shaxsining o‘spirin qizlarning emotsional rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va shaxsiy identifikatsiyasiga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotda otalikning avtoritar, demokratik va indifferent modellari farqlanib, ularning psixologik oqibatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy jamiyatda otalik obrazining transformatsiyasi va o‘spirin qizlarda otalik haqidagi tasavvurlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari yoritilgan. Natijada, ota–qiz munosabatlarining ijobiy rivojlanishi shaxsning emotsional barqarorligi va sog‘lom ijtimoiy moslashuvini ta’minlovchi muhim omil ekanligi isbotlanadi.
o‘spirin qizlar, otalik makomi, oilaviy rollar, psixologik identifikatsiya, emotsional rivojlanish, ijtimoiylashuv, gender stereotip.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.