Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 17-son (2025) · 19–23-betlar

O’SMIRLIK DAVRIDA DEVIANT XULQNI YUZAGA KELTIRUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR

Ergasheva, Shahnoza, Rustamov, Shavkat

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i17-p1-005 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida deviant xulq shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar tahlil qilingan. O‘smir shaxsining ijtimoiylashuvi jarayonida oilaviy muhit, tengdoshlar guruhi, maktabdagi munosabatlar, ommaviy axborot vositalari va internet makonining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, deviant xulqning paydo bo‘lishida shaxsning ichki motivlari, o‘z-o‘zini anglash inqirozi, hissiy beqarorlik, psixologik travmalar kabi omillarning o‘rni izohlangan. Tadqiqotda o‘smirlik davridagi og‘ishgan xulqning profilaktikasi bo‘yicha psixologik tavsiyalar berilgan.

o‘smirlik davri, deviant xulq, ijtimoiy omillar, psixologik omillar, ijtimoiylashuv, xulq-atvor buzilishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.