Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 17-son (2025) · 24–26-betlar

GEMATOLOGIYADA RAQAMLI MA’LUMOTLAR ALMASHINUVI PLATFORMALARINI INTEGRATSIYALASH: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Djalilov, Bahrom, Boqijonov, Sultonbek

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i17-p1-006 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Zamonaviy gematologiya klinikalar, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida tibbiy ma’lumotlarning uzluksiz almashishini talab etadi. Biroq, mavjud raqamli platformalar tarqoqligi, yagona standartlarning yo‘qligi va muvofiqlik darajasining pastligi bilan ajralib turadi. Bu esa tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini pasaytiradi. Maqolaning maqsadi gematologiyada ma’lumotlar almashish uchun raqamli platformalarni integratsiyalashning asosiy muammolarini aniqlash va ularni hal etishning istiqbolli yo‘llarini belgilashdan iborat. Maqolada gematologiyadagi mavjud tibbiy axborot tizimlari va raqamli platformalar tahlil qilingan, integratsiyaga to‘sqinlik qiluvchi texnologik, tashkiliy va huquqiy jihatlar aniqlangan. Tibbiy ma’lumotlar almashishini standartlashtirish zarurligini, shuningdek, integratsiya samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalari va bulutli yechimlarni joriy etish kerakligini ko‘rsatib o‘tilgan. Gematologiyada raqamli platformalarni integratsiyalash tashxis qo‘yishni tezlashtirish, shaxsiylashtirilgan terapiyani yaxshilash va bemorlarning ijtimoiy himoyasini rivojlantirishni ta’minlaydigan istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Muvofiqlik, kiberxavfsizlik va me’yoriy tartibga solish muammolarini hal qilish sog‘liqni saqlashning yagona raqamli ekotizimini shakllantirish imkonini beradi.

raqamli platforma, gematologiya, ma’lumotlar almashinuvi, integratsiya, tibbiy axborot, sun’iy intellekt, ijtimoiy himoya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.