Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 17-son (2025) · 27–31-betlar

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA O‘YINNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Muxammadaliyeva, Kamolaxon, Axmadov, Nazirjon

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i17-p1-007 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish jarayonida o‘yin faoliyatining psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘yin insonning tabiiy ehtiyoji sifatida ijodiy tafakkur, tasavvur va emotsional-intellektual rivojlanish uchun muhim omil ekanligi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, bolalarda mustaqil fikrlash, ijtimoiy moslashuv, nutqiy faollik va estetik didni shakllantirishda o‘yin texnologiyalarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Mualliflar tomonidan o‘yin jarayonining psixologik mexanizmlari, kreativlikni rag‘batlantiruvchi usullari hamda pedagogik amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan. Natijalar o‘yin faoliyatining ijodkorlikni rivojlantirishdagi o‘rnini kengaytirish va maktabgacha ta’lim tizimida samarali metodlar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

ijodkorlik, o‘yin faoliyati, maktabgacha yosh, psixologik xususiyatlar, tasavvur, kreativ tafakkur, shaxs rivojlanishi, pedagogik amaliyot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.