Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 17-son (2025) · 87–89-betlar

BO‘LAJAK HARBIY XIZMATCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

Soyibnazarov, Bahtiyor

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i17-p1-023 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Tezisda bo‘lajak harbiy xizmatchilarda deontologik kompetensiya — kasbiy burch, javobgarlik, xizmat intizomi, axloqiy qaror qabul qilish, hurmat va maxfiylikka sodiqlik kabi sifatlarning integrallashgan tizimi sifatida talqin etiladi. Deontologik kompetensiyaning psixologik asoslari sifatida axloqiy rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-kognitiv o‘rganish, identifikatsiya va o‘zini o‘zi regulyatsiya qilish mexanizmlari yoritiladi; pedagogik asoslarda esa kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘quv dizayni, tajribaga asoslangan o‘qitish, refleksiv tahlil, keys-stsenariylar va simulyatsiyalar hamda formatif baholashning roli ochib beriladi. Raqamli kommunikatsiya sharoitida deontologik kompetensiya axborot etikasi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, OPSEC tamoyillari va ijtimoiy tarmoqlarda kasbiy xulq normalariga rioya qilish orqali hayotga tatbiq etilishi asoslanadi. Muallif deontologik kompetensiyaning to‘rt komponentli konseptual modelini (kognitiv, aksiologik-affektiv, konativ-xulqiy, refleksiv-regulyativ) taklif etib, uni o‘quv modullari, treninglar va baholash mezonlari bilan bog‘laydi. Natijalarga ko‘ra, rol modellashtirish, maqsadli refleksiya va aniq normativ me’yorlarning birlashtirilgan qo‘llanilishi barqaror deontologik odatlarni shakllantiradi hamda xizmat muhitida axloqiy xavfsizlik va ishonchni kuchaytiradi.

deontologik kompetensiya, harbiy deontologiya, axloqiy qaror qabul qilish, xizmat intizomi, axborot etikasi, OPSEC, refleksiya, tajribaviy ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.