Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 17-son (2025) · 143–145-betlar

QO‘CHQOR NORQOBIL QISSALARIDA PSIXOLOGIK TAHLIL VA BADIIY MAHORAT

Asadova, Shahnoza

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i17-p1-038 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur tezisda Qo‘chqor Norqobil ijodida psixologik tahlil va badiiy mahorat masalalari tahlil etiladi. Yozuvchining qissalarida inson ruhiyatining murakkab qatlamlari, urushning inson ongiga ko‘rsatgan ta’siri hamda ichki kechinmalarni tasvirlashdagi uslubiy yondashuvlar o‘rganiladi. Adibning “Daryo ostidagi yig‘i”, “Osmon ostidagi sir” kabi asarlarida qahramonlarning ruhiy iztiroblari, ichki monologlar, shubha va qo‘rquv kabi hissiy holatlarning badiiy ifodasi tahlil qilinadi. Shuningdek, yozuvchining xalqona til, ramziy obraz va dramatik dialoglardan foydalanish mahorati orqali inson ruhiyatini yoritishdagi uslubi yoritilgan.

Qo‘chqor Norqobil, qissa, psixologik tahlil, badiiy mahorat, ruhiy kechinma, urush mavzusi, ichki monolog, obraz, milliy mentalitet, dramatizm, realizm.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.