Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya 4-jild 17-son (2025) · 151–153-betlar

O‘ZBEKISTONDA INGLIZ TILI TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKT INTEGRATSIYASINING STRATEGIK YO‘NALISHLARI

Tojiyev, Olimjon

DOI: 10.70413/zdpp-v04-i17-p1-040 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekistonda ingliz tili ta’limi jarayoniga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini integratsiya qilishning strategik yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqotda SI asosidagi o‘quv platformalari, adaptiv ta’lim tizimlari va talaffuz, tinglab tushunish, yozma hamda og‘zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv dasturlarning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni kuchaytirish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash hamda o‘qitish sifatini oshirishda SI vositalarining o‘rni ko‘rsatiladi. Maqolada mamlakatimiz ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari bilan bog‘liq muhim strategik yo‘nalishlar, shu jumladan o‘qituvchilar malakasini oshirish, elektron ta’lim resurslarini yaratish va milliy o‘quv dasturlariga SI texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish takliflari ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari SI integratsiyasi orqali ingliz tili ta’limining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

sun’iy intellekt, ingliz tili, ta’lim, integratsiya, strategiya, raqamli texnologiya, innovatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.